Suriyaning Turkiya bilan chegarasi yaqinida terakt uyushtirilishi natijasida 2 nafar mahalliy aholi vakillari halok bo‘ldi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Turkiyaning Kilis viloyati Elbeyli tumaniga tutash Suriyaning Kobanbey viloyati hududida harakatlanib kelayotgan avtomobil portlab ketgan. Portlash oqibatida avtomobil ichidagi ikki kishi halok bo‘lgan. Bir kishi jarohatlangan.
Xavfsizlik kuchlari yaqin atrofda saʼy-harakatlarni kuchaytirib, tergov boshlagan. Hujumga aloqadorlikda taxmin qilingan hamma so‘roq qilinmoqda.
Hozircha Suriya hududidagi hech bir terrorchi-ekstremist guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Rasmiylar hujum ijrochisi mamlakat shimolida o‘rnashgan kurd terrorchi brigadalariga aloqador bo‘lishi mumkinligini bildirgan.
Izoh (0)