2024-yil 1-yanvardan buyon Turkiya harbiylari Iroq va Suriyada “Kurdlar ishchi partiyasi” a’zosi bo‘lgan 519 nafar terroristini yo‘q qildi.
Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari Zeki Akturk jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, birgina o‘tgan haftaning o‘zida turk armiyasi “Kurdlar ishchi partiyasi” terrorchilik guruhining 36 nafar a’zosini yo‘q qilgan.
“2024-yil 1-yanvardan beri yo‘q qilingan terrorchilarning umumiy soni 519 nafarga yetdi, shundan 204 nafari Iroq shimolida, 315 nafari Suriya shimolida yo‘q qilingan”, — dedi Akturk.
Izoh (0)