Qozog‘iston prezidentining mamlakatimizga tashrifi yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/04/05/2024-04-05 20.34.49-JO0tkW5Z.jpg)
Ko‘hna Xiva shahrida o‘tgan oliy darajadagi tadbirlar doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi, mintaqaviy ahamiyatga molik jihatlar yuzasidan fikr almashdi.
![](/static/2024/04/05/2024-04-05 20.34.52-Ug9tX0g-.jpg)
“Xiva gilamlari” kombinati faoliyati, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishildi.
![](/static/2024/04/05/2024-04-05 20.34.55-WFuSqBi0.jpg)
Xiva shahridagi Ichan-qalʼa majmuasining tarixiy obidalari va Nurillaboy saroyi ziyorat qilindi.
![](/static/2024/04/05/2024-04-05 20.35.02-y3Hu-Q0k.jpg)
Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi. So‘ng O‘zbekiston yetakchisi Toshkentga jo‘nab ketdi.
Izoh (0)