Yaponiya hayvonot bog‘idagi pingvinlarga mamlakatda o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan ryukzaklar taqib qo‘yildi, deb yozmoqda “Pravila jizni” nashri.
Ijtimoiy tarmoqda joylangan mazkur videoga hayvonot bog‘i xodimlari “Bahor taftini sezmoqdamiz” deb izoh qoldirgan. Chunki aynan aprel oyida yaponiyalik maktab o‘quvchilari uchun birinchi qo‘ng‘iroq jaranglaydi.
Pingvinlar ustidagi ryukzaklar yengil matodan ishlangan va qo‘lda tikilgan bo‘lib, hayvonlar yurishiga qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Matsue qushlar bog‘ida bunday tadbirlar turli bayramlar arafasida tez-tez bo‘lib turadi. Masalan, Yangi yil va Xellouinda pingvinlar bayramga mos liboslarda paydo bo’ladi.
Izoh (0)