Internetda g‘ayrioddiy mushuk surati ko‘plab foydalanuvchilar e’tiborini jalb etdi. Ba’zilar tabiat in’om etgan chiroyli tashqi ko‘rinishli mushukni maqtasa, qolgan foydalanuvchilar esa uning rasmi sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan, deya suratdan shubhalandi.
Ma’lum bo‘lishicha, noodatiy rangga ega mushukning laqabi Bryus. Veterinar ko‘rigidan o‘tgan Menuet yoki Napoleon zotli jonivorning bu g‘ayrioddiy rangi mutatsiya sababli sodir bo‘lgan.
Mushuk suratlarini Reddit foydalanuvchisi do‘stlari bilan baham ko‘rdi va post qisqa muddat ichida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bir nechta foydalanuvchilar mushukni zotdor va kam uchraydigan noyob tur deb atagan, qolganlar esa mazkur post haqiqatdan yiroq ekanligi va rasm sun’iy intellekt yordamida yaratilganini taxmin qilgan. Chunki rasm orqa fonida tushunarsiz yozuvlar va xiraliklar ko‘p edi.
Aslida fotosurat haqiqiy ekanligini mushuk egasi tasdiqladi. Bir necha soatdan so‘ng u Bryusning boshqa suratlarini tarmoqqa joyladi va izohlarda mushuk chindan ham hayotda mavjud ekanligi hamda kamyob genetik mutatsiya jarayoni tufayli hayvon shunday ko‘rinishda dunyoga kelganini yozib qoldirdi.
Izoh (0)