Daniyada Rassel laqabli qarg‘a ikki yoshli Otto ismli bola bilan do‘stlashdi.
“Ular soatlab birga vaqt o‘tkazishlari mumkin”, — deydi bolaning onasi. Rassel yovvoyi qush, u doim uyimizda yashamaydi. Ammo o‘g‘lim tashqariga chiqqanda, qarg‘a Otto yonidan jilmaydi.
Ottoning onasi ularni qalin do‘st deb bilishini, lekin qarg‘a bilan o‘ynaganda o‘g‘lini hech qachon qarovsiz qoldirmasligini aytib o‘tdi.
Ikki do‘st haqida ajoyib video YouTube platformasida keng tarqalib ketdi:
Onaning so‘zlariga ko‘ra, Otto bog‘chadan qaytayotganda Rassel uyning tomida do‘stini kutib o‘tiradi. Ba’zan qarg‘a uyga uchib kirib, bolakay bilan birgalikda televizor tomosha qiladi.
Ularning oilasida it va mushuk ham bor. Qarg‘a ularni ko‘pincha masxara qilgani uchun oila a’zolariga aylangan uy hayvonlari Rasselni unchalik xushlamaydi.
Ottoning onasi qarg‘alar bunchalik mehribon bo‘lishi mumkinligini bilmaganini aytdi:
“Barchasi uyimiz hovlisida yarador qarg‘ani uchratib qolgandan keyin boshlandi. Biz uni davoladik, ozuqa berdik, Rassel deb nomladik. Qushcha bizga o‘rganib qoldi va uyimiz yaqinida yashay boshladi”.
Ottoning onasi ta’kidlashicha, bolakay Rasseldan umuman qo‘rqmaydi. Qushcha esa faqat Ottoga o‘zini siypalashga ruxsat beradi.
Izoh (0)