Braziliya hukumati G‘arbning Ukrainaga qurol yetkazib berish to‘g‘risidagi so‘rovlarini rad etdi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Braziliya qurol yetkazib berish dasturiga qo‘shilmaydi. Mamlakat harbiy mojaroning taʼminotchisiga aylanmaydi.
Avvalroq, Ukrainaning Braziliyadagi elchisi Andrey Melnik Braziliya rasmiylari Ukraina mojarosi haqida gapirishni istamasligi va Kiyevni qo‘llab-quvvatlamasligini xavotir bilan bildirgan edi. Braziliya rasmiylari esa elchining xavotiriga o‘rin yo‘qligini bildirgan.
Yanvar oyida Braziliya prezidenti bo‘lgan Lula da Silva Rossiya uzoq muddatli global tinchlik kafolati ekanligini taʼkidlab keladi. U allaqachon Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralarni osonlashtirish uchun yangi xalqaro formatni ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqqan. Braziliya prezidenti, shuningdek, agar kerak bo‘lsa, Rossiya va Ukraina prezidentlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda vositachilik qilishga tayyor ekanini aytgan.
Izoh (0)