Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida imtiyozli kredit mablag‘lari evaziga xarid qilingan chorva mollarini o‘zlashtirgan fermer xo‘jaligi aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “A.N.” fermer xo‘jaligi masʼul shaxslari imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga xarid qilingan 175 bosh chorva molini naqd pulga sotib yuborib, jami 3,1 milliard so‘mni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Surxondaryoda xususiy bog‘cha qurish uchun ajratilgan 356 mln so‘m kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)