• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ubaydullaxon – Movarounnahrni Eron bosqinidan saqlab qolgan o‘zbek sultoni

    1510-yilda Marv jangida Shayboniyxonning kutilmagan mag‘lubiyati Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyatni mutlaqo o‘zgartirib yubordi. Shayboniyxonning ayanchli vafotidan vahimaga tushgan o‘zbek sultonlari Movarounnahrni tashlab, Turkiston tomonga chekindi. Ammo keyinchalik o‘zbek sultonlari Ubaydullaxon atrofida birlashib, Movarounnahrni Eron istibdodidan ozod etdi.

    “Daryo” tarixiy rukndagi suhbatlarni davom ettirgan holda, bu safar O‘zbekiston tarixida muhim o‘rin egallagan shaxs, Shayboniylar sulolasining uchinchi eng yirik vakili, shoir va davlat arbobi Ubaydulla sulton haqida tarix fanlari doktori, professor Akbar Zamonov va tarixchi Ulug‘bek Ismoilov bilan suhbatlashdi.

    – Suhbatimiz boshida Ubaydullaxonning bolalik yillari va taxtga o‘tirgunga qadar bo‘lgan faoliyatiga to‘xtalib o‘tsak.

    Akbar Zamonov, tarix fanlari doktori, professor:

    – Ubaydullaxon Shayboniylar sulolasida Muhammad Shayboniyxondan keyingi eng yirik shaxs hisoblanadi. U amakisi Shayboniyxon davrida biror hududning hokimi sifatida boshqarib, harbiy yurishlarda qatnashib, sayqal topib bordi. Ubaydullaxon 1486—1487-yillar oralig‘ida Xorazmdagi Yamanitirsak mavzesida dunyoga kelgan. Ushbu hudud hozirgi Amudaryoning so‘l tomoniga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda Shayboniyxon va uning ukasi Mahmud Sulton mulksiz, yurtsiz sargardonlikda hayot kechirar edi. Ubaydullaxon Mahmud Sultonning yagona farzandi hisoblanadi. Buni tasdiqlovchi faktlar bor.

    Ubaydullaxonning faoliyatini to‘rtta xronologik bosqichga bo‘lish mumkin.

    Birinchi davr – bu Ubaydullaxonning amakisi Shayboniyxon qo‘l ostida sayqal topish davri hisoblanadi. Bunda Ubaydullaxon amakisining yoki otaliqlarining ko‘rsatmasi asosida faoliyat yuritgan. Masalan, Shayboniyxon Movarounnahrni egallaganida, u 15 yosh bo‘lgan. Bu yosh O‘rta asrlarda balog‘at yoshi bo‘lib, shahzodalar harbiy muhorabalarda jonbozlik ko‘rsatadigan vaqt bo‘lgan.

    Ikkinchi davr – 1504-yildan boshlanadi. Chunki bu vaqtda Ubaydullaxonning otasi Mahmud Sulton Qunduz shahrida vafot etadi. Shundan so‘ng Buxoro merosiy mulk sifatida Ubaydullaxonga o‘tadi. U 1512-yilgacha Buxoro hokimi sifatida faoliyat yuritadi. O‘sha vaqtda Buxoro hokimi bir vaqtning o‘zida viloyat qo‘shinlarining qo‘mondoni ham hisoblangan.

    Tarix fanlari doktori, professor Akbar Zamonov
    Foto: “Daryo”

    Uchinchi davr – 1512-yildan 1533-yilgacha bo‘lgan vaqtni qamrab oladi. Bu vaqtda Ubaydullaxon mamlakatni noib sifatida boshqaradi. Shayboniylar sulolasida o‘zidan oldin yoshi ulug‘ bo‘lgan shahzodalarni olib chiqib, o‘zi noib vazifasida mamlakatni boshqarayotgan shaxs ikkita. Birinchisi, Ubaydullaxon. Ikkinchisi, Abdullaxon. Turkiy to‘ra anʼanalariga muvofiq taxtga sulola ichidagi yoshi katta shahzoda chiqishi kerak edi.

    To‘rtinchi davr – 1533—1540-yillar hisoblanadi. Bu davrda Ubaydullaxon rasman xon sifatida taxtni egallaydi. Chunki 1533-yilda Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abu Said vafot etgach, sulola ichida Ubaydullaxondan yoshi katta shahzoda qolmaydi. U mamlakatni Buxorodan turib boshqaradi. Ayni shu vaqtda Buxoro xonligining tamal toshi qo‘yiladi.

    Yuqorida sanab o‘tgan davrlarimiz oralig‘ida Ubaydullaxon O‘rta Osiyo tarixida yirik sarkarda, davlat arbobi, din ulamosi, shoir va adabiyotshunos bo‘lib yetishib, kamol topdi. Ubaydullaxon 54 yil umr ko‘rgan va shu vaqt oralig‘ida o‘zidan katta iz qoldirdi. Bu izlarni topib, o‘rganish ishlari uzoq vaqtdan beri davom etib kelmoqda. Chunki Ubaydullaxon “shaxslar panteoni” (tarixda o‘tgan shaxslarni o‘rganish uchun tuzilgan ro‘yxat – tahr) ro‘yxatidan bir tushib, bir ro‘yxatga qayta kiritilib kelinayotgan shaxslardan biri hisoblanadi.

    – Muhammad Shayboniyxon 1510-yilda Marv yaqinidagi Shoh Ismoilga qarshi jangda halok bo‘ladi. Mana shundan so‘ng Shayboniylar orasida katta bir tahlika yuzaga keldi. Hatto sulola vakillari Movarounnahrni tashlab chiqib ketishdi. Shunday bir murakkab vaziyatda o‘zbek sultonlarni qanday qilib birlashtira oldi?

    – Marv jangi 1510-yil 2-dekabr kuni sodir bo‘lgan. Ushbu jangda shayboniylar juda katta yo‘qotishga uchragan, ko‘plab shayboniy sarkardalar halok bo‘lgan. Shundan so‘ng shayboniylar dastlab Movarounnahrga, keyin esa Turkiston (hozirgi Sirdaryoning shimoli – tahr.)ga chekinishgan. 1511-yilda Zahiriddin Muhammad Bobur Eron hukmdori Shoh Ismoildan 7 ming lashkar olib, Samarqandni egallaydi. Albatta, Samarqand egallanishidan oldin Bobur shayboniylarni Hisor dalasida mag‘lub etadi. Samarqand egallangach, kelishuvga ko‘ra Bobur Movarounnahrda Shoh Ismoilning noibi bo‘lishi kerak edi. Shuningdek, Bobur Samarqandda Shoh Ismoil nomiga xutba o‘qitgan. Shundan so‘ng Movarounnahr va Samarqand xalqining Boburga nisbatan kayfiyati o‘zgardi. Shu kayfiyat natijasi o‘laroq xalq Turkistonda turgan Ubaydullaxonga “bizni Eron istibdodidan ozod qiling” degan mazmunda maktub yo‘llashadi. Bu maktubga Ubaydullaxon darrov javob bera olmagan. Chunki bu vaqtda shayboniy sultonlar tarqoq bo‘lib ketgan edi. Buni Ubaydullaxonning o‘z she’rida ifoda etgan.

    Tarixchi Ulug'bek Ismoilov 
    Foto: “Daryo”

    Movarounnahrdan bo‘layotgan chaqiriqlar va yirik ulamo Abdulla Yamani (Mir Arab)ning daʼvatlari natijasida Ubaydullaxon Turkistondagi bor qo‘shini bilan Movarounnahrga keladi. Manbalarda yozilishicha, uning qo‘shinning soni 1500-1800 nafar bo‘lgani yozilgan. Hatto kamonchilarni o‘qidagi sadoqlarining pati ham yo‘q bo‘lgani aytiladi. Yaʼni Ubaydullaxonning qo‘shini xarob holda bo‘lgan.

    Buni bilgan Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z diplomatiyasini ishga solib, Eron sarkardalariga katta-katta o‘ljalar berib, ularni tezroq ortga qaytarib yuborish payiga tushadi. Bu orqali Bobur xalqning va aristokratiyaning muhabbatini o‘ziga qaytarmoqchi edi. Buning uchun u xutbadan Shoh Ismoil nomini olib, zarb etilgan tangalarni yig‘ib olishni boshladi. Ammo bugungi kungacha numizmatikamizda Shoh Ismoil nomiga zarb etilgan tangalar topilmagan. Shuningdek, Bobur o‘zini Samarqandda mustaqil hukmdor deb eʼlon qilib, o‘ziga xutba o‘qitadi, lekin yoy kamondan chiqib bo‘lgan edi.

    Bu vaqtda Erondagi Shoh Ismoilga Bobur bergan vaʼdasiga vafo qilmagani haqida xabar yetib boradi. Shundan keyin Shoh Ismoil devonbegi (bosh vazir) Najimiddin Yor-Ahmad (laqabi Najmi Soniy) boshchiligidagi 15 minglik lashkarni Boburni jilovlab kelish uchun Movarounnahrga jo‘natadi. Najmi Soniy boshliq qo‘shin Xurosonda o‘ziga katta miqdorda lashkar qo‘shib oladi.

    Bu vaqtga kelib Ubaydullaxon boshchiligidagi shayboniylar lashkari G‘ijduvon orqali Buxoroga kelib, shaharni qamal qilishni boshlaydi. Bobur esa shayboniylarni quvib yuborish uchun Samarqanddan Buxoro tomon yo‘lga tushadi. Sababi shayboniylar qo‘shini katta bo‘lmagan. Boburni kelayotganini Ubaydullaxon harbiy hiyla ishlatib, Buxoroni qamal qilishni to‘xtatib, ortga chekinishgan. Bobur bo‘lsa Shayboniylar ortga chekindi deb, qo‘shindagi jangovar shaylik holatini bekor qilib, Buxoro tomonga yurishni davom ettiradi. Biroq kutilmaganda Ubaydullaxon Ko‘li Malikda Boburga hujum qiladi va Bobur Hisorga chekinadi. Ushbu jang 1512-yilning aprel oyiga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda Erondan yo‘lga chiqqan Najmi Soniy boshchiligidagi qo‘shin Amudaryo bo‘yiga kelib qolgandi.

    Abdullaxon

    Najimiddin Yor-Ahmad Boburning mag‘lubiyatidan xabar topib, Shoh Ismoildan olgan buyrug‘ini esdan chiqarib, mustaqil harakat qilishni boshlaydi. Najmi Soniy o‘z oldiga Hisorga chekingan Boburni chaqirib olib, u bilan birgalikda shayboniylarga qarshi yurishni boshlaydi. Eron qo‘shini Chorjo‘y yaqinidan Amudaryoni kechib o‘tib, Qarshi shahrini qamal qilishni boshlaydi. Manbalarda Najimiddin Yor-Ahmad 15 mingga yaqin aholini qatl etgani haqida maʼlumotlar bor. Hatto Eron sarkardalar shaharda begunoh insonlar, sayidlar hamda ahli ilm vakillari borligini, ularni omon qoldirishni aytishadi. Biroq Najmi Soniy bunga ko‘nmaydi. Bu qatliom ko‘zlangan maqsad – butun Movarounnahrni tahlikaga solish edi.

    Qarshidagi qatliomdan so‘ng Zahiriddin Muhammad Boburning Najmiddin Yor-Ahmaddan ixlosi qaytadi. Najmi Soniy doim Shoh Ismoilga Boburni tiyib turish kerakligini uqtirib kelgan. Tarixchi Zayniddin Vosifiy o‘zining “Badal ul-Boqiy” asarida Najmi Soniy “Temur poytaxti Samarqandni yer bilan bitta qilib, poliz dalasiga aylantirib, undan olingan ilk qovunni Shoh Ismoilga yetkazaman. Shundan keyin Xitoyga qo‘shin tortaman”, deb qasam ichgani haqida yozadi. Bundan xabar topgan Movarounnahr xalqi Ubaydullaxonda atrofida birlashishni boshladi.

    1512-yilning kuzida G‘ijduvonda Najmiddin Yor-Ahmad va Boburning birlashgan qo‘shinlari bilan Ubaydullaxon boshchiligidagi shayboniylar o‘rtasida jang bo‘lib o‘tadi. Jang boshlanishidan oldin Bobur Najmi Soniyni tark etadi. Shuningdek, bir nechta Eron sarkardalari ham Najmiddin Yor-Ahmaddan yuz o‘girishadi. Boisi Shoh Ismoil ularga boshqacha topshiriq bergan edi. Eron lashkaridagi tarqoqlikdan Ubaydullaxon foydalangan holda Najmi Soniyni mag‘lub etadi. Jang vaqtida Najmi Soniy asirga olinadi. Shunda Ubaydullaxon Najmiddin Yor-Ahmadga “asirga tushganlar qatl bilinmasligini bilmasmiding”, deb savol beradi. U esa “yo‘q bilmasdim” deb javob beradi. Ubaydulla sulton “axir bu narsa Qurʼonda yozilgan” deganida, Najmi Soniy “men Qurʼonni o‘qimaganman” deb javob qaytaradi. Shunda Ubaydullaxon “nahotki, Shoh Ismoil musulmon podshoh bo‘la turib, shariatni va Qurʼonni bilmagan insonni bunday katta lavozimga qo‘ydi” deb taajjublangan. Ubaydullaxon keyinchalik davlat boshqaruvida har doim shariatdan xabari bor, Qurʼonni o‘qishni biladigan insonlarni lavozimga qo‘ygan. 

    Najmi Soniy Ubaydullaxonga jonini saqlash evaziga 50 ming oltin tanga berishni taklif qiladi. Ammo Ubaydullaxon buni rad etadi va Najimiddin Yor-Ahmadni qatl qildiradi. Shunday qilib shayboniylar davlatini asrab qoladi. Mana shu bilan biz Ubaydullaxonning o‘zbek davlatchiligida tutgan o‘rnini belgilashimiz zarur. Yaʼni u bu yerlarni Eron istibdodidan saqlab qolgan shaxs hisoblanadi. Agar Najimiddin Yor-Ahmad bu yerlarni qo‘lga kiritganida, bugun o‘zbek davlatchiligi bu yerda bo‘lmasligi mumkin edi.

    Ulug‘bek Ismoilov, Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o‘qituvchisi:

    – Baʼzi amalga oshirilgan ishlar yaxshilikka xizmat qilib ketadi. Ubaydullaxonning taxtga kelishiga din ham katta rol o‘ynagan. Chunki aynan din omili tufayli Movarounnahr xalqi Bobur tomonga emas, balki shayboniylar tomonga o‘tadi. Sababi Bobur Eron bilan hamkorlikda harakat qilayotgandi. Bundan tashqari, Shoh Ismoil Eronda sunniy mazhabni taqiqlab, shia mazhabini yoyishga qilgan harakatlari Movarounnahrdagi siyosiy jarayonlarda taʼsir ko‘rsatadi.

    Akbar Zamonov, tarix fanlari doktori, professor:

    – Har bir davlat arbobi mavjud vaziyatdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanilishga harakat qiladi. Aynan Samarqandda Eron shohi nomiga xutba o‘qilishi Ubaydullaxon uchun ayni muddao bo‘ldi. Chunki Ubaydullaxon bundan foydalanib, xalqni o‘z tomoniga og‘dirgan.

    – Dastlab nima uchun Shayboniy sultonlar Ubaydullaxon atrofida birlashmagan?

    Akbar Zamonov, tarix fanlari doktori, professor:

    – Shayboniy sultonlar orasida Erondan qo‘rquv juda kuchli bo‘lgan. Chunki ular Shayboniyxonni o‘ta qudratli zot sifatida ko‘rishgan. Shayboniyxon Marv jangida boshi kesilib, o‘ta tahqirli o‘lim topishi boshqa shayboniy sultonlarga qattiq taʼsir qilgan. Shundan keyin barcha sultonlar o‘z mulklarini asrash payiga tushishgan. Amir Abdulla Yamaniyning o‘zi har bir o‘zbek sultonlarining oldiga borib, ularni daʼvat qilgan. O‘sha vaqtda 20 ga yaqin sulton bo‘lgan.

    G‘ijduvon jangidan keyin qo‘lga tushgan mablag‘ning bosh sarkardaga teggan qismini Ubaydullaxon amir Abdulla Yamaniyga beradi. Abdulla Yamaniy esa bu mablag‘ evaziga Mir arab madrasasini qurdiradi va shu madrasaga vaqf mulkini tashkil qiladi. Yaʼni G‘ijduvon jangining maʼnaviy ahamiyati ham bor.

     – Ubaydullaxonning so‘ngi yillari qanday kechgan?

    Akbar Zamonov, tarix fanlari doktori, professor:

    – Ubaydullaxon 1540-yil 17-mart kuni vafot etgan. Uning vafot etgunga qadar qilgan eng katta ishi bu – Xuroson yurishlari bo‘lgan. Ubaydullaxon umumiy hisobda 6 marta yurish qilgan. Buning asosiy sababi – amakisi Shayboniyxon uchun o‘ch olish bo‘lgan. Shayboniylar va safaviylar o‘rtasidagi ziddiyat 100 yilga yaqin davom etgan. Ubaydullaxon o‘z ajali bilan vafot etadi va Buxorodagi Bahovuddin Naqshband ziyoratgohiga dafn etilgan.

    Ubaydulla sultondan 2 ta o‘g‘il farzand qolgani tarixiy manbalarda keltiriladi. Katta o‘g‘li – Abdulazizxon, ikkinchi o‘g‘li – Muhammad Rahim sulton. Abdulazizxon otasidan keyin Buxoro taxtini egallaydi. Ammo undan voris qolmagan. Shundan keyin Muhammad Rahim taxtga chiqadi va undan Burhon ismli farzand qoladi. Burhon sulton esa bir muddat Buxoro xoni bo‘lgan. Ubaydullaxonning avlodlari bor-yo‘g‘i 1557-yilgacha Buxoroda hukmronlik qilgan. 1557-yilda Abdullaxon Burhon sultondan Buxoroni tortib oladi va mamlakatni Buxoro atrofida markazlashtiradi.

    01.04.2024, 20:10   Izoh (0)   9559
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya TIV tarixchi Smolinning “1917-yilgi inqilobgacha o‘zbeklar mavjud bo‘lmagani” haqidagi gaplariga izoh berdi

    24.01.2024, 15:13

    “O‘zbek millatiga daxl qilishyapti”. Abduqodir Toshqulov taʼlim, smartfondan hazar qilishi va tarixni ommalashtirish zarurligi haqida

    15.02.2024, 21:40

    O‘zbek xalqining milliy identifikatsiyasi: o‘zbek xalqining asl ajdodlari kimlar?

    05.03.2024, 21:05

    Uchta hududda “svet” va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

    01.04.2024, 19:34

    Xorazmda mayning qurilmasini o‘rnatgan fuqaro 320 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi 

    01.04.2024, 19:10

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy jamoat xavfsizligi vazirini qabul qildi

    01.04.2024, 18:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.