Xorazm viloyati Yangibozor tumanida mayning qurilmasini o‘rnatgan fuqaro 320 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ Xorazm hududiy filiali va tegishli tashkilot vakillari bilan birgalikda hududlarda noqonuniy mayning fermalari aniqlanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Jumladan, Yangibozor tumanida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “Yangiyop” mahallasi O‘zbekiston ko‘chasida yashovchi fuqaro T.J. xonadonida mayning qurilmasini yashirin ravishda hisoblagichdan tashqari ulab, foydalanib kelayotgani aniqlandi. Jarayon davomida xonadon egasi xonadonining tom qismida noqonuniy ulagan simlarni ajratmoqchi bo‘lganida mutaxassislarning hushyorligi sabab buni amalga oshira olmadi.
Holat yuzasidan dalolatnomalar rasmiylashtirilib, qayta hisob-kitob qilish natijasida jamiyatga 320 mln 895 ming so‘m zarar yetgazgani aniqlandi hamda qonuniy tarzda chora ko‘rish maqsadida tegishli tashkilotlarga taqdim qilindi.
Izoh (0)