Armaniston Yevropa Ittifoqi bozoriga kirish haqidagi quruq vaʼdalarga berilib, Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqidan chiqsa, hech narsasiz qolishi mumkin. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi “TASS” nashriga xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Armanistonning Yevropa sari intilishi hech qanday asosga ega emas. Bu yo‘l mamlakat uchun iqtisodiy va siyosiy xavflarni kuchaytiradi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining taʼkidlashicha, Yerevan o‘zi aʼzo bo‘lgan tashkilotlar bilan hamkorligini mustahkamlashi kerak. Yangi ittifoqlar yangi muammolar va inqirozlarni keltirib chiqaradi. Yevropa bilan hamkorlikdan esa Yerevan hech qanday foyda ko‘rmaydi.
Armaniston rasmiylari Yevropa bilan hamkorlik borasidagi Rossiya xavotirlariga munosabat bildirmagan.
Izoh (0)