Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil delegatsiyasining G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Falastinning HAMAS guruhi bilan muzokaralarga qaytishini ma’qulladi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
“Netanyaxu Mossad razvedka boshqarmasi direktori va Bosh xavfsizlik xizmati rahbari bilan suhbatlashdi va yaqin kunlarda Doha va Qohirada muzokaralarning navbatdagi raundini o‘tkazishni ma’qulladi”, — deyiladi telekanal lavhasida.
Avvalroq Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant G‘azo sektoridagi janglarni to‘xtatishga “ma’naviy haqqi” yo‘qligini aytgandi.
“G‘azo sektorida garovga olinganlar qolayotgan paytda urushni to‘xtatishga ma’naviy haqqimiz yo‘q. G‘azo sektorida hal qiluvchi g‘alabaga erisha olmaslik bizni shimoldagi urushga yaqinlashtirishi mumkin”, — dedi Galant.
Izoh (0)