Isroil kuchlari G‘azo shahridagi sport markazi binosiga hujum uyushtirishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, hujum Shujayya aholi manzilgohidagi sport markaziga nisbatan sodir etilgan. Dastlab mahalliy nashrlar 7 kishi halok bo‘lganini maʼlum qilgan. Keyinchalik qurbonlar soni 15 nafarga yetgani aytilgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Rafah shahrida ham so‘nggi kecha-kunduzda sodir bo‘lgan hujumlarda 12 kishi halok bo‘lgan. Tinimsiz artilleriya hujumlari nishoniga aylangan Mag‘ozi qochqinlar lagerida esa yetti kishi vafot etgan.
Arab nashrlari Isroilning G‘azodagi mahalliy turar joy va inshootlarga hujumlari faol sur’atda davom etayotganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)