Namanganda Turkiya tajribasi asosida oltinni qayta ishlash va sotish bo‘yicha yirik markaz ishga tushiriladi. Davlat rahbari viloyat imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda bu bo‘yicha topshiriq berdi.
Prezident O‘zbekistonda qazib olinayotgan oltinning atigi 6 foizi qayta ishlanib, bor-yo‘g‘i 78 million dollarlik eksport bo‘layotganini qayd etdi. Shavkat Mirziyoyev 25-mart kuni tanishgan zargarlik korxonasini misol qilib, zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun juda katta salohiyat borligini ta’kidladi.
Shu bois, tadbirkorlar uchun alohida sharoitlarga ega zargarlik zonalari tashkil qilinadi. Sohaga xomashyo yetkazish, mutaxassis tayyorlash, ishlab chiqarish zanjiri va sotish tizimi butunlay qayta ko‘rib chiqiladi.
Mutasaddilarga Turkiya tajribasi asosida Namanganda oltinni qayta ishlash va sotish bo‘yicha yirik markazni ishga tushirish topshirildi.
Izoh (0)