Give me Sport nashri Premyer Liganing eng yaxshi o‘n markaziy himoyachi nomini e’lon qildi.
Ro‘yxatdan quyidagi markaziy himoyachilar o‘rin olgan:
- Virjil van Deyk (“Liverpul”);
- Uilyam Saliba (“Arsenal”);
- Jon Stounz (“Manchester Siti”);
- Ruben Diash (“Manchester Siti”);
- Gabriel (“Arsenal”);
- Mikki van de Ven (“Tottenxem”);
- Ibrahima Konate (“Liverpul”);
- Ezri Konza (“Aston Villa”);
- Lisandro Martines (“Manchester Yunayted”);
- Sven Botman (“Nyukasl”).
Shunday qilib, ushbu kuchli o‘ntalikdagi barcha o‘rinlarni Premyer Liga turnir jadvalining kuchli 10 taligidagi klublar vakili bo‘lgan futbolchilar egalladi.
Joriy mavsumda Angliya Premyer Ligasining 28-turidan so‘ng “Arsenal” turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Mikel Arteta shogirdlari hisobida 64 ochko bor va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi o‘rindagi “Liverpul”dan oldinda. “Manchester Siti” esa uchinchi o‘rinda. Kuchli to‘rtlikni “Aston Villa” yakunlab turibdi. Birmingem klubi 28 uchrashuv natijasiga ko‘ra 56 ochko jamg‘argan.
Izoh (0)