Milan sudi “Inter” jamoasi 320 million yevro qarzini to‘lashni talab qildi.
Milan apellyatsiya sudi Gongkong sudining “Inter” xo‘jayini Stiven Chjan Xitoy qurilish banki oldidagi 320 million yevrodan ortiq qarzini to‘lashi kerakligi haqidagi hukmni o‘z kuchida qoldirdi, deb yozadi Football Italia nashri.
Qaror endi Italiyada ham ijro etilishi mumkin, bu esa yaqin kelajakda Chjanning “San-Siro”da bo‘lishini qiyinlashtirishi mumkin. Gongkongda Chjan aybdor deb topilsa, uch oylik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
“Nerazzuri” xo‘jayini vaziyatni to‘g‘rilashga urinib ko‘rgan va Amerikanint Oaktree investitsiya fondidan 275 million yevro miqdorida yangi kredit olgan va uni 3 yil muddatda to‘lashga va’da bergan.
Reuters xabariga ko‘ra, agar kredit o‘z vaqtida qaytarilmasa, amerikaliklar potensial ravishda klub aksiyalarining 68,5 foizini qo‘lga kiritishi mumkin.
“Inter” Italiya A Seriyasida 76 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
Izoh (0)