O‘zbekistonda Navro‘z bayramida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 22 383 nafar xodim va harbiy xizmatchi safarbar etilishi ma’lum qilindi.
Xabar berilishicha, favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun 3 ming nafardan ortiq zaxira guruhi tashkil etilgan. Bayram tadbirlari respublika hududida 219 obyektda o‘tkazilishi belgilangan.
Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan joylarda bayram tadbirlari o‘tkazilishiga hamda ushbu joylardagi nosoz attraksionlar va boshqa o‘yin qurilmalarning ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi nazoratga olingan. Har bir tabdir obyektida mahalliy hokimlik, sog‘liqni saqlash va boshqa idora va tashkilotlar vakillarining navbatchiligi tashkil etilgan.
Ochiq joylarda xalq sayillari o‘tkaziladigan joylarning atrof-hududlari jismonan, texnik va maxsus vositalar bilan to‘liq to‘sish choralari ko‘rilishi belgilangan. Shuningdek, bayram tadbirlari o‘tkazilayotgan vaqtda elektr energiya, gaz, suv, obodonlashtirish va boshqa mutasaddi tashkilotlar har qanday vaziyatga shay holatda bo‘lish choralari ko‘rilgan.
Izoh (0)