Qirg‘izistonlik ayol o‘zbekistonlik eridan alimentni MIB orqali undirib oldi, deb xabar bermoqda MIB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudining 2022-yil 16-avgustdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor SH.S.dan undiruvchi Qirg‘iziston fuqarosi A.Japarovaning foydasiga ikki nafar farzandlarining ta’minoti uchun uchdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan.
Ushbu ijro varaqa byuroning Toyloq tuman bo‘limiga kelib tushgan va ijro ishi yuritilgan. Davlat ijrochilari tomonidan qarzdor SH.Sga qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etmaslik oqibatlari bo‘yicha tushuntirish berilgandan so‘ng, shu kunga qadar aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorligini to‘liq to‘lab bergan.
Qayd etilishicha, undiruvchi Qirg‘iziston fuqarosi A.Japarova MIB xodimlarining harakatidan mamnun bo‘lib byuroning Samarqand viloyati boshqarmasiga o‘z tashakkurnomasini yozib qoldirgan.
Izoh (0)