“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Vinisius Junior va Eduardo Kamavinga qachon safga qaytishi haqida ma’lumot berdi.
Madridliklarning ikkala futbolchisi ham jarohat olgan.
“Vinisius va Kamavingani 2024-yilgacha kutishimizga to‘g‘ri keladi, lekin ular La Ligada tanaffusdan keyin safga qaytadi deb o‘ylayapman”, — deydi italiyalik mutaxassis.
Madrid klubi 21-dekabrda “Alaves”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng qishki tanaffusga ketadi. 2024-yildagi ilk o‘yin esa 3-yanvar kuni “Malyorka”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)