Saudiya Arabistoni chempionatining nomi oshkor etilmagan klubi “Barselona”ga 27 yoshli vinger Rafinya uchun 80 million yevrolik taklif yubordi.
Sport.es ma’lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi Rafinya bilan xayrlashishni istamayapti, biroq Saudiya klubi braziliyalik futbolchining taxminiy bahosidan yuqoriroq taklif bilan chiqqani klub qaroriga ta’sir qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Rafinya barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda qatnashib, beshta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining hozirdagi bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.
Izoh (0)