Instabloger Maryam Tillayeva ayni paytda Toshkentdan Amerikaga uchib ketdi hamda kuzatuvchilaridan bu safaridan qanday maqsadni ko‘zlagani haqida so‘zlab berdi.
— Amerika Qo‘shma Shtatlariga sizning pulingizni maza qilib ishlatishga keldim, deb o‘ylayapsizmi? Yo‘q! Gap shundaki, ota-onam, hammangiz ko‘rganingizdek Beverli Hillsdagi men o‘sib-ulg‘aygan qasrni 36 million dollarga sotdi. So‘nggi oyda barcha OAV bu haqda yozdi. Shuni aytishim kerakki, men bu pullardan hech vaqo olganim yo‘q. Mening bunga qandaydir aloqam borligini aytib, ayblashingizdan oldin tushunishingizni istardim: Men u uyda yashagan paytim bola edim. Hayotdagi pozitsiyamni tahlil qiladigan yoshda emasdim. Ota-onamning harakatlari uchun mas’uliyatni bo‘ynimga olmaganman.
Men shunday nufuzli oilada tug‘ilganimdan albatta minnatdorman, lekin boshqa oilada tug‘ilishim ham mumkin edi-ku? Keling endi, o‘sha qasrga qaytamiz. Ular uyni sotishdi. Men bu haqda ota-onamning yordamchisidan, keyin esa OAVdan xabar topdim. Men ulg‘aygan uyni buzishlari biroz kayfiyatimni tushirmoqda. Endi menda uyim deb ataydigan joy yo‘q. Men barcha hujjatlarimni boshqa manzilga yo‘naltirishim, hamma narsalarimni saqlash uchun joy topishim kerak bo‘ladi. Shunday ekan men Los-Anjelesga o‘ynab kulgani emas, balki mana shu qiyin ishlarni qilish uchun keldim, — deb yozadi Maryam Tillayeva.
Ma’lumot uchun, avvalroq Lola Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘iga aloqador kompaniya Beverli Hillsdagi qasrni 36 million dollarga sotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)