• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl

    Maykl Jeksonning farzandlari bilan o‘qigan, Entoni Hopkins bilan ishlagan va 5 ta tilni biladigan Maryam Tillayeva 25 yoshni qarshiladi (foto, video)

    19-yanvar kuni O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi, Instabloger Maryam Tillayeva 25 yoshni qarshi oldi. Bugungi kunda Instagram ijtimoiy tarmog‘ida 1 mln 200 nafar kuzatuvchiga ega Maryam haqida nimalarni bilamiz?

    Maryam Tillayeva bobosi Islom Karimov va buvisi Tatyana Karimova bilan
    Foto: Instagram


    Maryam Tillayeva 1999-yilning 19-yanvar kuni Toshkentda tadbirkor Timur Tillayev va O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi Lola Karimova oilasida dunyoga kelgan. Maryamning Umar ismli ukasi va Sofiya ismli singlisi ham bor.

    Maryam bolaligidan san’atga qiziqqan. Ota-onasi shu bois uni “Tomosha” bolalar ansambliga bergan. Maryam “Tomosha”da fortepiano chalishni hamda qo‘shiq kuylashni o‘rgangan. U bir nechta davlat tadbirlarida “Tomosha” guruhi bilan sahnaga chiqqan.

    Maryam ota-onasi bilan
    Foto: Instagram


    Maryam ulg‘aygach, onasi Lola Karimovaning xayriya fondi loyihalari doirasida mehribonlik uylari, maktab va kasalxonalarga borardi. 14 yoshga to‘lganida ota-onasi uni AQSHning Los-Anjeles shahrida joylashgan maktabga o‘qishga yuboradi. Maryam maktabni bitirgach, AQSHning nufuzli universitetlaridan biriga kirib siyosatshunoslik va huquqshunoslik yo‘nalishida tahsil oldi.

    AQSHda Maykl Jeksonning farzandlari bilan bir maktabda o‘qigani 



    “AQSHdagi maktabda o‘qiganimda, o‘shanda 14 yoshda, o‘tish davrida edim. Menga u yer yoqqan. Do‘stlarim o‘qiydigan maktabga bordim. Umuman olganda, boshqa-boshqa dunyoqarashlar, bolalar, men madaniyatning ko‘p qismini shu yerdan o‘rgandim. Men o‘qigan maktabda juda ko‘p mashhurlarning farzandlari o‘qir edi, masalan Maykl Jeksonning farzandlari va yana boshqalar. Ota-onam meni mashhurlarning uyiga tashlab ketgan va shu orqali ular bilan yaqindan tanishishni istagan. Ukam aktrisa Helli Berrining qizi bilan do‘st bo‘lgan.

    Foto: Instagram

    Gollivud yulduzi Entoni Hopkins bilan bir filmda rol ijro etgani 

    “Entoni Hopkins bilan bir filmda rol ijro etganman. Atigi bir daqiqalik epizod bo‘lgan. Mening bir do‘stim bor, rejissor, ismi Mateo. U menga o‘zimni aktrisalikda sinab ko‘rishim haqida gapirgan.

    Maryamni asabiylashtiradigan savol

    TikTok foydalanuvchilaridan biri Maryamdan “Xalqning puli qayerda?”, deb so‘radi. Maryam esa unga javoban: “Men ota-onamning pulini ishlatmayman, men pulni o‘zim ishlab topaman. Shunchaki moddiy imkoniyati sayohat qilishga yetadigan do‘stlarim bilan dam olyapman. Ularning puli mehmonxonada tunashga ham, kemada sayr qilishga ham yetadi.

    Buning nimasi tushunarsiz? Balki, men sayohat qilishga qurbi yetadigan yigitlar bilan do‘stlashgandirman? Bu meni asabiylashishga majbur qiladigan savol”, — deydi Maryam Tillayeva.

    Foto: Instagram

    Bobosining so‘nggi kunlari haqida

    — Uning so‘nggi kunlarida buvim, oyim va men yonlarida bo‘lganmiz. Otam o‘shanda ukam hamda singlim bilan Los-Anjelesda qolgandi. Bobomning o‘limidan so‘ng bir holat ko‘z o‘ngimda qolib ketgan. Shifokor uning yuragi urishdan to‘xtaganini aytganida, hammamiz u yotgan xonaga yugurganmiz. Zinadan tushib borar ekanmiz, sarosimadan buvim va onamning oyoqlaridagi shippaklar otilib ketgan. Men o‘shanda xonaga kirganimda bobomning yonida uzoq yillar birga bo‘lgan kuchli, kap-katta, baquvvat erkaklar yurakdan yig‘layotganini ko‘rganman. Bu holat meni qattiq ta’sirlantirgan. Shundan so‘ng men O‘zbekistonga qaytmadim. Bobom bilan o‘rtamizda juda katta rishta bor edi.

    Maryamni O‘zbekistonga tanitgan voqea

    Maryam Tillayeva sobiq turmush o‘rtog‘i Amiran Sardarov bilan
    Foto: Instagram


    2021-yilda o‘zbek OAVda Maryam Tillayeva haqida xabarlar tarqala boshladi. Bunga uning rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqqani sabab bo‘ldi. Amiran va Maryam 2021-yilning aprel oyida Las-Vegasdagi mehmonxonalardan birida kichik davrada to‘y qilib, turmush qurdi.

     

    Maryam o‘zidan 13 yosh katta blogerga ota-onasining qarshiligiga qaramay turmushga chiqadi. Timur Tillayev va Lola Karimova qizlarining bu ishidan xafa bo‘lib, to‘ydan keyin u bilan gaplashmay qo‘ygan. Oradan ko‘p o‘tmay Amiran Sardarov Instagram sahifasiga rafiqasining ichki kiyimsiz suratini joyladi. Bu Maryamning o‘zbek auditoriyasi tomonidan xeytga uchrashiga sabab bo‘ldi. Minglab insonlar uning Instagram sahifasiga obuna bo‘lib, haqoratomuz so‘zlarni yozib qoldira boshladi, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari uni axloqsizlikda aybladi. Maryam yaqinda bergan intervyularidan birida aslida bu holat uning tushkunlikka tushishiga sabab bo‘lsa-da, boshqa tomondan o‘sha paytda uning Instagram kuzatuvchilari soni keskin ortishiga sabab bo‘lgani haqida aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram

    Maryam yalang‘och surati tarqalishi ortidan qattiq depressiyaga tushib qolgani haqida shunday degan edi:

    — Men bunday suratimni hech qachon ijtimoiy tarmoqqa joylamagan bo‘lardim, rozilik ham bermaganman. Biroq sen har kunlik manipulyatsiya hamda tahqirlashga asoslangan munosabatlarda bo‘lsang, sen insonning “sevgisi”ni yo‘qotmaslik uchun, uni ranjitmaslik uchun hamma narsaga tayyor bo‘lasan. U 35 yoshida, ongli ravishda shunday o‘yin o‘ynadi. Amiran ijtimoiy tarmoqlar shunday ishlaydi, dedi. “Sen hech narsani tushunmaysan”, dedi. Bu xayp, men uni qo‘llab-quvvatlashim kerakligini aytdi, “Buni ikkimiz uchun qilyapman”, dedi.
    Men yig‘ladim. Hozir esa shu haqda o‘ylab, o‘zimni shunchalik yerga urganimdan afsuslanib ketyapman. Uning postidan keyin menga tasavvur qilib bo‘lmaydigan nafrat yog‘ildi. Meni fohisha deb atashdi, o‘lim tilashdi, tahdidlar bo‘ldi. O‘sha rasmni O‘zbekistonda yashaydigan hamma ko‘rdi, uni qarindoshlarim, buvilarimga ko‘rsatishdi. Bu — men hayotimning oxirigacha shu sharmandalik bilan yashashga to‘g‘ri keladigan holat.

    Erimning bu qilmishidan so‘ng uni tushunmay qolgandim, biroq uni sevganim uchun qo‘llab-quvvatlab, faqat o‘zimga yomon qilardim.  Oilam oldida, otam, onam, ukam, singlim, bobom, buvim va xalqimiz oldida uyatga qoldim. Shunda ham Amiran taraf bo‘ldim. O‘shanda aqlim qayerda edi, tushunmayman. U o‘shanda birgina posti bilan ota-onam bilan munosabatlarimga butunlay nuqta qo‘ydi. Ularni tushunaman. Amiran niyatiga yetdi. Meni oilam va do‘stlarimdan ajratib qo‘ydi. Men esa o‘shanda o‘zim tushunmagan holda juda qattiq depressiyaga tushib qoldim.

    Foto: Instagram


    Maryam va Amiranning turmushi 10 oy davom etdi. Ajrashgani haqidagi ma’lumotni birinchi bo‘lib Amiran Instagram sahifasida e’lon qildi. Maryam esa bu ajrimni quyidagicha izohladi:

    — Men bir yarim yil bu inson bilan yashab, qanday kunlarni boshdan kechirganimni hammaga so‘zlab bermoqchi emasman. Bugun qanday his-tuyg‘ular bilan yashayotganimni ham bo‘lishmayman. Agar boshimdan nimalar o‘tganini bilsangiz, shokka tushib, menga rahmingiz kelgan bo‘lardi. Men o‘zimga achinishlarini xohlamayman. Shuning uchun ko‘rgan-kechirganlarimni faqat yaqin do‘stlarimgina biladi. Ular yordamga muhtoj paytim meni qo‘llab-quvvatladi. Men haqiqat tarafman, odamlar aslidan ko‘ra yaxshiroq ko‘rinish uchun yolg‘onlar to‘qib chiqarishiga qarshiman.

    Men Moskvaga o‘sha insonni sevganim, u bilan keyingi hayotimni qurishni istaganim uchun ko‘chib o‘tgandim. Yosh bo‘lganim yoki nimagadir tayyor bo‘lmaganim ayrilishimiz sababchisi emas. Bu inson haqida yomon gapirishni istamayman, bizning ajrashishimizga menga o‘tkazilgan ruhiy va jismoniy bosim sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, men gapirishni istamaydigan boshqa sabablar ham bor. Hali o‘zimga kelolmadim, buning uchun psixolog bilan uzoq muddat ishlashim kerak.

    Men sodda va ahmoq bo‘lgan ekanman. Shuning uchun ham boshimdan o‘tganlarga qaysidir ma’noda o‘zim ham sababchiman. Osmonda uchib yurgan ekanman. Shuni aytishim kerakki, bolaligimda maktabda juda ko‘p tahqirlashlarni boshdan kechirganman. Musulmon bo‘lganim uchun boshimni unitazga tiqishlar, haqoratlarni ko‘rganman, kaltaklanganman. Ammo men bir yarim yillik turmushimda ko‘rganlarimni hatto dushmanimga ham ravo ko‘rmayman. Bu haqda gapirish juda qiyin, sababi oilam, menga yaqin insonlarim va o‘zim aziyat chekdim. U insondan bundan keyin meni, oilamni, buvimni umuman tilga olmaslikni so‘ragan bo‘lardim

     “Hech qachon o‘zbekistonlik yigit bilan uchrashmayman, derdim”

    Foto: Instagram


    Maryam Tillayeva yaqinda bergan intervyularidan birida hozirda o‘zbek millatiga mansub yigit bilan uchrashayotgani haqida so‘zlab berdi.

    — Hozirgi yigitim o‘zbek. U o‘zbekistonlik. Men hech qachon o‘zbekistonlik yigit bilan uchrashmayman, derdim. Chunki men Yevropada o‘sganman va mentalitetimiz farq qiladi, derdim. U boyvachchaning bolasi emas. Juda ko‘p ishlaydi, u g‘irt o‘zbekcha gapiradi, shuning uchun rus tilida biroz aksent bilan gapiradi. Shuning uchun men hozir o‘zbekchani o‘rganishga harakat qilyapman. U bilan o‘zimni juda ham xotirjam his etaman. U bilan tengdoshmiz, mendan 10 kunlik katta. Uning oyligi men Instagram’da topadigan bir kunlik reklama pulimdan kamroq. Lekin bu juda katta ahamiyatga ega emas. Men Nyu-Yorkda bo‘lgan paytim, u har kuni menga guldasta jo‘natdi, bu juda yoqimli edi. O‘zbekistonda mazam qochganida soat 3 da kelib meni shifokorga olib bordi. Bu narsalar puldan ham muhimroq.

    O‘zbekistondagi xeyt haqida

    Foto: Instagram


    — Instagram sahifamga salbiy izohlarni juda ko‘p yozishadi. Lekin o‘zbek tilini yaxshi bilmaganim uchun xeytning 90 foizini tushunmayman. Xeyterlar asosan ochiq suratlarim uchun menga “sharmanda” deb yozishadi yoki “Sen bizning pulimiz evaziga yashayapsan”, deyishadi.
    Ba’zan tushunishni istasam, yigitim yoki yordamchimdan tarjima qilib berishlarini so‘rayman. Lekin bunaqa narsalarga e’tibor bermayman. Hozirda o‘zbekchani o‘rganyapman. O‘z repetitorim bor. Bundan tashqari, Uzbekistan for english speakers dasturini yuklab olganman.



    Reklamadan qancha daromad topadi?

    — Sahifamda o‘zbekcha reklamalar joylashtirish 4 ming dollar. Kontent ustida men, videograf, fotograf, assistant, reklama menejeri birgalikda ishlaymiz. Bizda reklamalar ko‘p. Lekin hamma reklamalarni ham sahifamga joylamayman.

    Maryam Tillayeva intervyulardan birida 5 ta — rus, ingliz, nemis, fransuz va ispan tillarini bilishi haqida aytib o‘tgan. Shuningdek u ayni paytda shaxsiy kosmetika brendini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Maryam xayriya ishlari bilan ham faol shug‘ullanadi. U Afrikada yashovchi bolalarga bir necha marotaba yeguliklar, o‘yinchoqlar hamda o‘quv qurollari tarqatgan.

    19.01.2024, 11:41   Izoh (0)   81379
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Umrimning oxirigacha bu sharmandalik bilan yashashga to‘g‘ri keladi”. Maryam Tillayeva eri uning yarim yalang‘och suratini ruxsatsiz e’lon qilgani va bobosining s...

    29.04.2022, 15:48

    “Bobomning joni uzilganida ular yotgan xonaga kirgan paytim bir holat ko‘z o‘ngimda qolib ketgan”. Maryam Tillayeva bobosi, ota-onasi va Gulnora xolasi haqida gapi...

    07.09.2022, 19:56

    “Men Tatyanasiz hech qachon prezident bo‘lolmasdim, derdi”. Maryam Tillayeva bobosi, o‘zbekistonlik yigiti hamda daromadlari haqida

    27.11.2023, 11:20

    Onasiga hovli sovg‘a qilgan bloger, otasiga mashina olib bergan aktyor va ro‘mol o‘ragan Maryam Tillayeva. Instagram yangiliklari

    03.01.2024, 22:15

    Filmdagi obrazi uchun tashqi ko‘rinishini qurbon qilgan aktyor va aktrisalar (foto)

    19.01.2024, 10:40

    Jim Kerri — 62 yoshda: Komedik aktyorning qoyilmaqom tarzda ijro etgan eng yaxshi obrazlari (foto)

    19.01.2024, 09:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Sistit — bu uyat emas!


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Boks | 31 may, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.