Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoning Sayxunobod tumanidagi videoselektor yig‘ilishida banklar faoliyatini tandiq qildi.
Prezident eng avvalo, davlat ularga katta resurslar ajratayotgan bo‘lsa ham, tumanda tadbirkorlikni rivojlantirishda banklarning o‘rni sezilmayotgani qayd etildi.
Qayd etilishicha, 2023-yilda mahalladagi tadbirkorlik uchun Sayxunobodga 120 milliard so‘m berilgan. Tuman tadbirkorlari o‘tgan yil soliqdan 85 milliard so‘mlik imtiyoz olgan. Lekin bu mablag‘lar ish o‘rinlariga aylanmayotgani, kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri sezilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Xususiy sektorda yaratilgan rasmiy ish o‘rni bor-yo‘g‘i 968 taga ko‘paygan.
Ya’ni, banklar faqat qaytimni o‘ylab, oson yo‘l bilan resurslarni doimiy mijoziga beryapti. “Men ham tadbirkor bo‘lay, mahallada ish o‘rni yaratay”, degan oddiy odamlar chetda qolib ketyapti. Ularga tayyor loyiha paketlari berilmayapti, — dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev tumandagi shunday muammolarni sanab, ularning yechimlarini belgilab berdi.
Izoh (0)