“O‘zgidromet” oltita viloyatda qor ko‘chish xavfi saqlanib qolishidan ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, 2024-yil 15—20-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sabab respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.
Kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli yuqoridagi tog‘li hududlarda 8—14-mart kunlari ham qor ko‘chish xavfi e’lon qilingandi.
Izoh (0)