Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak final javob o‘yinida “Arsenal” 12-mart, seshanba kuni “Portu”ga qarshi bahs olib bordi.
Birinchi bo‘lim so‘ngida londonliklar futbolchisi Trossard hisobni ochdi.
O‘yin oxiriga qadar ushbu gol yagonaligicha qoldi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 1:1 hisobi qayd etilib, jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilishiga to‘g‘ri keldi.
Qo‘shimcha bo‘limlar ham nisbatan ehtiyotkorroq o‘tdi va darvozalar ishg‘ol etilmadi. Penaltilar seriyasida esa “kanonirlar”ning qo‘li baland keldi va chorak final yo‘llanmasini o‘ziniki qildi.
YCHL
1/8 final
12-mart, seshanba
“Arsenal” – “Portu” 1:0
Penaltilar seriyasi: 4:2
Gol: 1:0 – 41 Trossard.
“Arsenal”: Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Kiver (Zinchenko, 105), Jorjinyo (Gabriel Jezus, 83), Edegor, Rays, Haverts, Trossard (Nketia, 105), Saka.
“Portu”: Diogu Koshta, Joau Mariu (Sanches, 86), Pepe, Otavio, Vendell, Niko Gonsales (Eushtakiu, 101), Varela (Gruyich, 90), Pepe Akino, Galeno, Fransishku Konseysau (Gonsalu Borjesh, 101), Evanilson (Taremi, 88).
Ogohlantirishlar: Saliba (39), Arteta (68), Pepe (73), Konseysau (78), Haverts (116).
Izoh (0)