Berlin yaqinidagi Tesla zavodida elektr taʼminoti tiklandi, u o‘tgan hafta podstansiyadagi yong‘in sababli uzib qo‘yilgan edi. Bu haqda energetika kompaniyasi E.dis. axborotiga tayanib, ‘‘RIA Novosti’’ xabar berdi.
Hal qiluvchi ulanish E.dis tarmog‘ini boshqarish markazida soat 20.45da amalga oshirildi. Shu paytdan boshlab elektr ta’minoti qayta tiklandi, — deyiladi kompaniya bayonotida.
Shuningdek, kompaniya yong‘in chiqqan joyda ta’mirlash ishlari davom etishini ma’lum qilgan.
5-mart kuni Tesla zavodi, Erkner shahri va Berlinning ikkita hududi podstansiyaga o‘t qo‘yilishi sababli elektr ta’minotisiz qolgan edi. Zavod xodimlari evakuatsiya qilingan. Yong‘in Tesla Gigafactory faoliyatida katta uzilishga sabab bo‘lgan. Kompaniya matbuot kotibi Andre Tirigning aytishicha, zavod faoliyatidagi to‘xtab qolish 500 million yevrodan ko‘proqqa tushadi.
Zavodga hujum allaqachon Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer tomonidan qoralangan. Tesla’ning Berlin yaqinida yangi qurilgan zavodi 100 gektardan ortiq o‘rmonni kesishni nazarda tutuvchi kengaytirish rejalari tufayli atrof-muhit faollari tomonidan bir necha bor hujumga uchragan edi.
Izoh (0)