AQSHning Texas shtatida Milliy gvardiya vertolyotining qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi rasmiysiga tayanib, ABC News xabar berdi.
Mudofaa vazirligi vakiliga ko‘ra, vertolyot Lakota UH-72 havo milliy gvardiyasiga tegishli bo‘lgan.
JTF-N’ning ma’lum qilishicha, janubi-g‘arbiy federal chegara missiyasiga tayinlangan vertolyot 8-mart kuni taxminan 14:50 da Texasning Rio-Grande-Siti yaqinida havo operatsiyalarini amalga oshirayotganda halokatga uchragan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Texas jamoat xavfsizligi departamenti ham tekshiruvda yordam bergan.
Izoh (0)