AQSH prezidenti Jo Bayden o‘zining ko‘plab chiqishlarida Amerika tarixidagi eng yomon kun deb ta’riflagan Kapitoliyga hujum sanasini chalkashtirib yubordi. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lum qildi.
“Kecha AQSH Kapitoliysida, aynan 6-iyul kuni erkinligimizga hujum qilingan binoda... Kechirasiz, 6-yanvar”, — deb esladi Bayden Filadelfiyadagi tadbirda.
Bayden muntazam ravishda Kapitoliyga bostirib kirishni eslab, Qo‘shma Shtatlar qo‘lga kiritgan mustaqillik, fuqarolik erkinligi va demokratiyani yo‘qotish xavfi haqida gapiradi.
Avvalroq Bayden Milliy gubernatorlar assotsiatsiyasining yillik yig‘ilishida so‘zga chiqib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Xitoy rahbari Si Szinpin bilan adashtirib yuborgan. Amerika prezidenti xatoni darhol tuzatgan. Keyin u Si Szinpin bilan AQSH va Xitoy bo‘ylab 17 ming mil yo‘l bosib o‘tgan hikoyasini takrorlagan edi.
O‘tgan ikki oy ichida Bayden aksar dunyo yetakchilarini tilga olishda bir necha bor xatoga yo‘l qo‘ygan. Xususan, u Fransiyaning marhum sobiq prezidenti Fransua Mitteranni amaldagi davlat rahbari Emmanuel Makron bilan, 2017-yilda vafot etgan Germaniya sobiq kansleri Gelmut Kolni Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel bilan adashtirib yuborgan edi.
Izoh (0)