Mixail Ballak vafot etgan o‘g‘lining yoshlikdan birga o‘sgan do‘sti bilan uchrashib yuribdi. Sofiya Shnayderman sobiq futbolchidan 24 yoshga kichik.
2021-yilda “Chelsi” sobiq o‘yinchisi Ballakning o‘g‘li 18 yoshida kvadratsiklni boshqara olmay halokatga uchradi. Shifokorlar uning jonini saqlab qolisholmagan.
Fojia Mixailning Portugaliyadagi villasi yaqinida sodir bo‘lgan. O‘sha kuni Ballak o‘g‘illari bilan barbekyu tayyorlab, dam olishni reja qilgan edi.
Ma‘lumki, Ballak o‘g‘lining o‘limidan juda qattiq siqilgan va hattoki psixolog qabuliga ham yozilgan.
To‘ng‘ich o‘gli vafotidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda ancha vaqt ko‘rinmay qolgan Ballak marhum o‘g‘lining do‘sti bo‘lgan model Shnayderman bilan ko‘rinish bergan.
Oradan 3 yil o‘tib, sobiq futbolchi va Shnayderman hali ham birga. Buni Ballakning Instagram’dagi suratlaridan bilsa bo‘ladi. Hozirda Ballak Maldiv orollarida dam olmoqda.
Izoh (0)