Shimoliy Yevropadagi AQSH yadro quroli joylashtirilgan obyektlar Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv yuzaga kelgan taqdirda, birinchi hujum nishonlariga aylanadi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova shu to‘g‘risidagi bayonot bilan chiqdi. Bu haqda TASS nashri maʼlum qilmoqda.
“Bunday obyektlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid manbai bo‘lishi mumkinligini va tabiiyki, mamlakatimiz va NATO o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv yuzaga kelganda nishonlar ro‘yxatiga kiritilishini tushunish uchun harbiy strateg bo‘lish shart emas”, — degan Zaxarova.
Rossiya rasmiysiga ko‘ra, agar AQSH yadro quroli Shimoliy Yevropaga joylashtirilishda davom etsa, bu qurollar joylashtirilgan davlatlar xavfsizligi hech qachon mustahkamlanmaydi, aksincha, xavf ostida bo‘ladi.
Mariya Zaxarova qo‘shimcha qilishicha, Finlyandiyaning NATO tarkibida bo‘lishi hamda G‘arb qo‘shinlari ishtirokida o‘z hududida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi mamlakatning xavfsizlik kafolati bo‘la olmaydi. Aksincha, keskinlik yuzaga kelgan taqdirda uning yelkasiga katta masʼuliyat tashlab qo‘yishi mumkin.
Izoh (0)