Isroil hujumlari natijasida vayron bo‘lgan G‘azo sektorida hozirda 17 ming nafardan ortiq bola boquvchisini yo‘qotgan. Bu haqda BMT yordam agentliklari tarqatgan maʼlumotlarga asoslanib, Al Jazeera nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, G‘azodagi ikki yoshgacha bo‘lgan har olti boladan biri to‘yib ovqatlanmaydi. Bolalar iflos botqoq suvlari va chiqindilar bilan oziqlanmoqda.
Hududda hozir 17 mingga yaqin bola yetim qolmoqda. Ota-onasini yo‘qotgan ikki yoshgacha bo‘lgan go‘daklar esa qarovchisi yo‘qligi va yomon sanitariya muhiti tufayli birin-ketin halok bo‘lmoqda.
G‘azodagi gumanitar inqirozning xavfli tomoni shundaki, bu yerda odamlar ayni damda bombalardan emas, ochlik va kasalliklardan vafot etmoqda. Hududga kirayotgan kam sonli yordam karvonlari teng taqsimlanmay turib talon-toroj qilinmoqda.
Izoh (0)