Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Yig‘ilishda xizmatlarda o‘sish bo‘lishi uchun transport infratuzilmasini yaxshilash zarurligi qayd etildi.
Shu bois, Urganch va O‘zbekistonning boshqa shaharlariga aviachipta narxini arzonlashtirish uchun 30 milliard so‘m subsidiya beriladi.
Urganchdan Termiz, vodiy viloyatlari, Samarqand, Buxoro hamda Sankt-Peterburg, Madrid, Frankfurt, Pekin va Urumchiga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Urganch—Xiva trolleybus qatnovi oraliq vaqti 2 karra qisqaradi, Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi tashkil etiladi.
Urganch aeroporti boshqaruvi va modernizatsiyasiga xususiy sherik jalb qilish muhimligi taʼkidlandi.
Avvalroq Urganch shahridagi “Al-Xorazmiy” majmuasida sanoat binolari qurilib, tadbirkorlarga “tayyor holda” topshirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, 10 million dollardan ko‘p eksport qilgan to‘qimachilik korxonalariga aylanma uchun 5 million dollargacha kredit beriladi.
Izoh (0)