Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida isteʼmolga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/03/01/2024-03-01 21.17.35-uNTXJWkV.jpg)
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.U. o‘ziga tegishli bo‘lgan noturar obyektda tashkil etgan yashirin sexda isteʼmolga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, 100 litr qo‘lbola yog‘, 2 360 kg chigit, 5 dona elektr dvigatel va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)