TuttoСagliari nashri futbolchi Eldor Shomurodov seshanba kunidan boshlab umumiy mashg‘ulotlarga qaytgani haqida xabar berdi.
![](/static/2024/02/29/shomaa-Es816kXZ.jpg)
O‘zbekistonlik hujumchi ikki hafta oldin jarohatdan tiklanib yakka mashg‘ulotlarga kirishgani haqida xabar berilgan edi.
“Shomurodov yakshanba kuni “Empoli” ga qarshi mehmonda o‘tkaziladigan uchrashuv qaydnomasidan o‘rin olish uchun mashg‘ulotlarda faol qatnashmoqda”, — deyiladi manbada.
Eslatib o‘tamiz, hujumchimiz jarohat sabab Osiyo Kubogi musobaqasida ishtirok eta olmadi.
Izoh (0)