O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov qishki transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin edi.
Insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, “Salernitana” klubi 31-yanvardan 1-fevral kungacha Shomurodovning ijarasi bo‘yicha “Roma” bilan muzokaralar olib borgan va kelishuvga erishgan. Ammo “Kalyari” so‘nggi pallada Eldorni mavsum yakuniga qadar o‘z tarkibida olib qolishga qaror qilgan.
Natijada, Shomurodovning “Salernitana”ga o‘tishi amalga oshmay qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Sardiniya klubida 30-iyunga qadar ijara asosida o‘ynaydi. Uning transfer huquqi “Roma”ga tegishli va o‘zbekistonlik futbolchini Rim klubi bilan shartnomasi 2026-yilgacha mo‘ljallangan.
Izoh (0)