Ekologiya vazirligi Toshkent shahri va yettita viloyatga 8 avtomatik stansiya olib kelinganini maʼlum qildi.
Xabar berilishicha, “Zamin” fondi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining “Atmosfera havosining ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish” qo‘shma loyihasi davom etmoqda. Loyiha doirasida Andijon, Namangan, Navoiy, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahriga navbatdagi 8 ta avtomatik stansiya olib kelindi.
Uskunalar sozlanib, test sinovlari yakunlangach, yagona maʼlumotlar bazasiga ulanadi. Shuningdek, Gidrometeorologiya xizmati agentligining hududlardagi xodimlari o‘qitiladi. Stansiyalardan olingan maʼlumotlar monitoring.meteo.uz milliy platformasiga uzatib boriladi.
Izoh (0)