Namangan viloyati elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” viloyat filiali xabar berdi.
Qayd etilishicha, 27-fevral kuni soat 08:35 dan boshlab, viloyatdagi elektr energiyasi isteʼmoli keskin oshgan. Shuningdek, tarmoqlardagi yuqori yuklama sababli, ayrim hududlarda taʼminotda vaqti-vaqti bilan uzilishlar bo‘lmoqda.
“Isteʼmol keskin oshganligi sabab, yuqori kuchlanishli tarmoqlarda uzilishlarni oldini olish maqsadida qisqa muddatli cheklovlar kiritilishi mumkin. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Fevral boshlarida kuchli shamol sabab Samarqand va Jizzax viloyatlari elektr ta’minotida uzilishlar yuz bergandi. Shuningdek, avvalroq Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida 1,3 milliard so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan noqonuniy maynerlar aniqlangan edi.
Izoh (0)