“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola chempionlik uchun kurashayotgan klublarga bosim bo‘lishi haqida gapirdi.
“Sovrin uchun kurashish, 10-o‘rin uchun kurashishdan yaxshiroq. Har bir o‘yinda yutqazsang, hammasi tugashi mumkinligini bilib o‘ynash juda maroqli. Avgust yoki sentyabr oylarida sovrinlar haqida o‘ylash juda ham qiyin edi. Hozir ham shunday”, — deydi Gvardiola.
“Manchester Siti” jamoasi hozirgi paytda turnir jadvalida 59 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rinda borayotgan “Liverpul” hisobida 60 ochko mavjud.
Keyingi o‘yinni “shaharliklar” “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)