Angliya klubi moliyaviy qoidalarni buzganligi uchun noyabr oyida APL turnir jadvalida jarima sifatida 10 ochkodan mahrum etilishi haqida qaror chiqarilgan edi.

“Everton”ning jarimasi ko‘rib chiqilib, jarima miqdori 10 ochkodan 6 ochkogacha kamaytirildi.
Qaytarilgan ochkolar Liverpul shahri klubini Premyer Liga jadvalida 15-o‘ringa ko‘tardi. Bungacha “Everton“ jamoasi 21 ochko bilan 17-o‘rinda borayotgandi.
“Everton” klubi keyingi turni shanba, 2-mart kuni “Vest Xem” klubiga qarshi uyida o‘tkazadi.
Izoh (0)