“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Kalvin Fillipsdan yarim himoyachi JCh—2022 dan qaytganida ortiqcha vaznga ega bo‘lgani haqidagi gapi uchun uzr so‘radi.
Gvardiola jurnalistlarga Fillips Qatardan qaytgach, musobaqada bor yo‘g‘i ikki uchrashuvda ishtirok etganiga qaramay, mashg‘ulotlarda qatnashish uchun ahvoli qoniqarli emasligi haqida aytib o‘tgan edi.
Fillips 2022-yilda “Lids Yunayted” dan “Siti” tarkibiga qo‘shilgach, og‘ir damlarni boshdan kechirdi. U 18 oy ichida bor-yo‘g‘i 6 marta maydonga tushdi va 28 yoshli futbolchi o‘tgan oydan boshlab “Vest Xem Yunayted” ga ijaraga berildi.
“Vest Xem”ga o‘tgandan so‘ng, yarim himoyachi Gvardiolaning so‘zlari uning o‘ziga bo‘lgan ishonchiga “katta zarba” berganini aytdi.
“Undan uzr so‘rayman. Men u bilan bu haqda avvalroq ham gaplashganman”,—dedi Gvardiola.
APL da uchinchi o‘rinni egallab turgan “Siti” seshanba kuni o‘z maydonida “Brentford”ni qabul qiladi. Agar “shaharliklar” ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonsa, peshqadam “Liverpul” bilan oradagi farqni bir ochkoga qisqartirishi mumkin.
Izoh (0)