Kecha, 25-fevral sanasida BAA chempionati 14-tur doirasida “Al- Bateh” jamoasi o‘z uyida “Al-Vahda” jamoasini qabul qildi. Ushbu uchrashuvda hamyurtimiz asosiy tarkibda o‘yinni boshladi.
![](/static/2024/02/26/Wahada_edited-0p0oNnzV.jpg)
Petrus Bumal birinchi taymning so‘nggi daqiqalarida gol urib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning boshida Ahmad Nurillohi hisobni tenglashtirdi. O‘zbekistonlik Hojimat Erkinov 78-daqiqada mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ushbu gol “Al-Vahda” ga uch ochkoni taqdim etdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, Hojimat Erkinov o‘ynayotgan jamoa beshinchi o‘ringa joylashdi. Ular hisobida 24 ochko mavjud.
Izoh (0)