Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining nimchorak final javob o‘yinida “Navbahor” 22-fevral, payshanba kuni “Al-Ittihod”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida Karim Benzema boshi bilan o‘z darvozasiga zarba berdi va to‘p darvoza to‘ridan joy oldi. Birinchi taymning qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqasida Hamdallah hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuvda namanganliklar Saudiya klubiga munosib qarshilik qildi, ammo uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida namanganliklar futbolchisi Tabatadze hisobni 2:1 hisobiga keltirdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida “Navbahor” futbolchisi qizil kartochka oldi. Shu tariqa hisob 2:1, saudiyaliklar foydasiga.
“Navbahor” jamoasi ham boshqa o‘zbek klublari kabi o‘z yurishini nimchorak finalda to‘xtatdi.
OCHL
1/8 final bahsi
22-fevral, payshanba
“Al-Ittihod” – “Navbahor” 2:1
Gollar: 0:1 — 25 Karim Benzema (avtogol), 1:1 — 45 Hamdallah, 2:1 — Tabatadze (avtogol).
Izoh (0)