Osiyo Chempionlar Ligasining nimchorak final dastlabki o‘yinlar yakunlari bo‘yicha ramziy terma jamoasi e’lon qilindi.
Ramziy terma jamoadan “Navbahor” futbolchisi Filip Ivanovich o‘rin oldi. Ivanovich namanganliklar himoya chizig‘ida faol harakat qildi va raqib hujumlarini qaytarishda ishonchli o‘ynadi. Eslatib o‘tamiz, Namanganda o‘tgan “Al-Ittihod”ga qarshi dastlabki o‘yin 0:0 hisobi bilan yakunlandi.
Javob o‘yini 22-fevral kuni Saudiyada bo‘lib o‘tadi.
Darvozabon: Jo Hyeon Vu (“Ulsan Hyonday”);
Himoyachilar: Aziz Behich (“An-Nassr”), Filip Ivanovich (“Navbahor”), Hassan Kadish (“Al-Ittihod”), Seul Yong Vu (“Ulsan Hyonday”);
Yarim himoyachilar: Elber (“Yokogama”), Koto Vatanabe (“Yokogama”), Marselo Brozovich (“An-Nassr”), Um Von Sang (“Ulsan Hyonday”);
Hujumchilar: Jo Min Kyu (“Ulsan Hyonday”), Marsinyo (“Kavasaki”).
Izoh (0)