Lyuk Shou jarohati sabab mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi va Yevro—2024 musobaqasida ishtirok etishi shubha ostida qolmoqda. “Manchester Yunayted” himoyachisi yaqindagina jarohati sabab yuzaga kelgan 3 oylik tanaffusdan keyin safga qaytgan edi.
“Manchester Yunayted” himoyachisi o‘tgan yakshanba kuni “Luton”ga (2:1) qarshi o‘yinning ikkinchi yarmida jarohat sabab maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, futbolchi uch oydan ko‘proq muddat maydonga tusha olmasligi mumkin.
Shouning Yevro—2024 musobaqasigacha tiklanishga ulgurishi hozircha noma’lum.
Izoh (0)