Bahrayn mezbonlik qilayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlar boshlandi. Quvonarlisi, birinchi kun O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari uchun omadli o‘tdi.
Sablya qurolidagi bahslarda qatnashgan yigitlarimiz o‘z yosh toifalarida qitʼada tengsiz ekanini ko‘rsatdi. Barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Musa Aymuratov oltin medal sohibiga aylangan bo‘lsa, yarim finalda imkoniyatni boy bergan Zuhriddin Qodirov bronza medali bilan taqdirlandi.
Izoh (0)