Qarag‘anda viloyatidagi to‘rtta qishloq zudlik bilan karantinga olindi. Izolyatsiyaga otlar orasida tarqalgan epizootik limfangit kasalligi sabab bo‘ldi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Umitker qishlog‘i aholisi bu muammo haqida 2023-yilning bahoridan buyon gapiradi. Keyinchalik bu virus Ulga, To‘rtko‘l, Intali qishloqlaridagi hayvonlarda ham aniqlangan. O‘shanda 180 boshdan ortiq chorva mollari kasallik tufayli nobud bo‘lgan edi.
Laboratoriya xulosasi bu epizootik limfangit ekanligini isbotladi. Ushbu kasallikka qarshi vaksina Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot institutida ishlab chiqilgan. Dori laboratoriya tekshiruvidan o‘tgan. Biz sog‘lom hayvonlarni bu vaksina bilan emlaymiz, — deydi viloyat veterinariya inspeksiyasi rahbari Yerjan Beketbayev.
Izoh (0)