Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida ochlik sababli chorva mollari ommaviy nobud bo‘lmoqda. Bu haqda KTK.kz xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, cho‘ponlar qor bilan qoplangan dasht bo‘ylab o‘z podalarini manzilga haydab bora olmayapti. Sovuq havo harorati, qorning zichligi esa otlarning ozuqa izlashini qiyinlashtirmoqda. Yaylovlarning qishloqlardan uzoqda joylashgani vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda. Otlarning manziligacha yetib borishga esa kuchi yetmaydi.
Mahalliy aholi hukumatdan yordam so‘ramoqda. Ularga ko‘ra, og‘ir texnika yo‘lni tozalab, zudlik bilan pichan yetkazib berish orqali omon qolgan chorva mollarini saqlab qoladi.
“Otlar nobud bo‘lmoqda. Vaziyat juda og‘ir. Yordam yo‘q. Bu barcha otchilarning dardi. Sizdan yordam so‘raymiz”, — deydi aholi.
Izoh (0)