Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektori janubidagi operatsiya davomida Xon Yunisdagi bankdan 250 million dollarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda I24 News telekanali ma’lum qildi.
Telekanal maʼlumotlariga ko‘ra, pullar 12 ta seyfning ichidan topilgan. Harbiy operatsiya jami 48 soat davom etgan.
Isroil armiyasi avvalroq qidiruvdagi HAMAS aʼzolarining uylaridan ma’lum miqdordagi mablag‘lar topilgani va musodara qilingani haqida xabar bergan edi.
Avvalroq Financial Times nashri manbalarga tayanib, noyabr oyidagi sulh davrida Falastin anklavining janubida naqd pul taqchilligini kamaytirish maqsadida BMT ko‘magida 50 million dollarga yaqin naqd pul olib kirilganini xabar qilgan edi.
Izoh (0)