Toshkent shahar Sergeli tumanida elektrobus yo‘l chetini ajratib turuvchi panjaraga borib urildi. “Toshshahartransxizmat” holat yuzasidan izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, 19-fevral kuni soat 12:30 larda 12-avtobus saroyi filiali tasarrufidagi Yutong rusumli, 40-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi Q.Q. (staji 33 yil) boshqaruvidagi elektrobus Yangi Sergeli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib borayotgan vaqtda, dastlabki maʼlumotga ko‘ra, qon bosimining oshgani sababli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetini ajratib turuvchi panjaraga borib urilgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yutong rusumli elektrobus texnik shikastlangan. Avtobus haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot taqdim etiladi. Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)