Toshkent shahar Yunusobod tumanida elektrobus va Cobalt ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat” AJ holat bo‘yicha maʼlumot berdi.
Unga ko‘ra, holat 14-fevral kuni soat 10:50 da sodir bo‘lgan. 2-avtobus saroyiga biriktirilgan Yutong rusumli, 89-sonli Qorasuv mavzesi 1-daha—“Chorsu” savdo markazi yo‘nalishidagi elektrobus Amir Temur shohko‘chasida o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtda elektrobusning o‘ng yon tomonidan Cobalt harakatlanib kelib teggan va YTH sodir bo‘lgan.
Mazkur hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Elektrobusga hech qanday shikast yetmagan. Hozirda ushbu elektrobus yo‘nalishda texnik soz holatda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)